Nyu-York shahrida joylashgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh qarorgohida "Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li" nomli kitobning taqdimoti o‘tkazildi.
Unda BMT rahbariyati, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari, fuqarolik jamiyati faollari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.
Taqdimotda Yangi O‘zbekistondagi islohotlarning mazmun-mohiyati, ularning asosiy bosqichlari va ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z yuritildi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan O‘zbekistondagi islohotlar "siyosiy jasorat, strategik yondashuv va ijtimoiy yo‘naltirilganlik"ni birlashtirgan kompleks transformatsiya sifatida yuksak baholandi.
O‘zbekistondagi o‘zgarishlar barcha muhim sohalar – davlat boshqaruvi, sud-huquq tizimi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va raqamli rivojlanishni qamrab olayotgani qayd etildi.
So‘zga chiqqan BMT, qator xorijiy davlatlarning vakillari va jurnalistlar O‘zbekistonda yuz berayotgan keng ko‘lamli siyosiy va ijtimoiy islohotlarni e’tirof etdi.
Ta’kidlanganidek, ushbu ijobiy o‘zgarishlar nafaqat O‘zbekiston uchun, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etayotir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91913 | Инструменты