Huawei 1
Saida Mirziyoyeva BMT binosida "O‘zbekiston xonasi" ochilishini e’lon qildi

Jenevada O‘zbekiston mustaqilligining 34-yilligiga bag‘ishlangan qabul marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kelajak, islohotlar, barqaror taraqqiyot va umuminsoniy qadriyatlar haqida fikr almashildi. Shuningdek, tez orada BMT binosida "O‘zbekiston xonasi" ochilishi e’lon qilindi. Bu joy mamlakat madaniyatini namoyish etuvchi va ochiqlik ramziga aylanuvchi maskan bo‘ladi.

Shu kuni Jahon savdo tashkiloti Bosh direktori Ngozi Okondjo-Iveala bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Suhbatda O‘zbekistondagi tub islohotlar, JSTga a’zo bo‘lish jarayonidagi ehtimoliy qiyinchiliklar hamda ishonch va hamkorlikning ahamiyati muhokama qilindi.

O‘zbekiston jahon savdosidagi o‘z majburiyatlarini qat’iyat bilan bajarishini ta’kidlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91914 | Инструменты