O‘zbekiston bank tizimida kapitallashuv sur’ati tezlashmoqda: 2026-yil 1-noyabrga kelib 35 ta tijorat bankining jami kapitali o‘tgan yilning mos davridagi 131,8 trln so‘mdan 154,7 trln so‘mga (+17%) ko‘tarildi. Ustav kapitali hajmi 93,2 trln so‘mdan 101,4 trln so‘mga (+9%) yetgan bo‘lsa, jami kapitali 2 trln so‘mdan ortiq bo‘lgan yirik banklar soni 17 tadan 19 taga ortdi.
2026-yil 1-noyabr holatiga tijorat banklarining jami kapitali oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 17 foizga oshib, 155 trln soʻmni tashkil etdi. Ustav kapitali hajmi esa 9 foizga koʻpayib, 101 trln soʻmga yetdi.
Banklarning kapital miqdori boʻyicha tarkibida ham oʻzgarishlar kuzatildi. Jumladan, jami kapitali 2 trln soʻmdan 5 trln soʻmgacha boʻlgan banklar soni 7 tadan 8 taga, 5 trln soʻm va undan yuqori kapitalga ega banklar soni esa 10 tadan 11 taga koʻpaydi.
Ustav kapitali 2 trln soʻmdan 5 trln soʻmgacha boʻlgan banklar soni 5 tadan 7 taga yetdi. Ushbu guruhning bank tizimidagi jami ustav kapitalidagi ulushi 17,3 foizdan 22,7 foizga koʻtarildi.
Bank tizimida jami va ustav kapitali hajmining ortishi bilan bir qatorda, kapital miqdori yuqoriroq boʻlgan guruhlardagi banklar soni ham koʻpaymoqda.

1. 2025-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra:
Jami kapital (35 ta bank — 131 793 mlrd so‘m):
500 mlrd so‘mgacha: 3 ta bank (ulushi — 0,7%)
500 mlrd so‘mdan 1 trln so‘mgacha: 10 ta bank (ulushi — 4,9%)
1 trln so‘mdan 2 trln so‘mgacha: 5 ta bank (ulushi — 5,7%)
2 trln so‘mdan 5 trln so‘mgacha: 7 ta bank (ulushi — 16,9%)
5 trln so‘mdan 10 trln so‘mgacha: 6 ta bank (ulushi — 30,0%)
10 trln so‘m va undan yuqori: 4 ta bank (ulushi — 41,9%)
Shundan, ustav kapitali (35 ta bank — 93 164 mlrd so‘m):
500 mlrd so‘mgacha: 2 ta bank (ulushi — 0,5%)
500 mlrd so‘mdan 1 trln so‘mgacha: 18 ta bank (ulushi — 11,1%)
1 trln so‘mdan 2 trln so‘mgacha: 4 ta bank (ulushi — 5,3%)
2 trln so‘mdan 5 trln so‘mgacha: 5 ta bank (ulushi — 17,3%)
5 trln so‘mdan 10 trln so‘mgacha: 3 ta bank (ulushi — 22,1%)
10 trln so‘m va undan yuqori: 3 ta bank (ulushi — 43,6%)
2. 2026-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra:
Jami kapital (35 ta bank — 154 744 mlrd so‘m):
500 mlrd so‘mgacha: 2 ta bank (ulushi — 0,3%)
500 mlrd so‘mdan 1 trln so‘mgacha: 9 ta bank (ulushi — 4,1%)
1 trln so‘mdan 2 trln so‘mgacha: 5 ta bank (ulushi — 4,7%)
2 trln so‘mdan 5 trln so‘mgacha: 8 ta bank (ulushi — 18,2%)
5 trln so‘mdan 10 trln so‘mgacha: 7 ta bank (ulushi — 33,9%)
10 trln so‘m va undan yuqori: 4 ta bank (ulushi — 38,7%)
Shundan, ustav kapitali (35 ta bank — 101 434 mlrd so‘m):
500 mlrd so‘mgacha: 1 ta bank (ulushi — 0,1%)
500 mlrd so‘mdan 1 trln so‘mgacha: 18 ta bank (ulushi — 10,7%)
1 trln so‘mdan 2 trln so‘mgacha: 3 ta bank (ulushi — 4%)
2 trln so‘mdan 5 trln so‘mgacha: 7 ta bank (ulushi — 22,7%)
5 trln so‘mdan 10 trln so‘mgacha: 3 ta bank (ulushi — 21,5%)
10 trln so‘m va undan yuqori: 3 ta bank (ulushi — 41,1%)
Alpha version: 0.9.1.19 build 112814 | Инструменты