Doimiy propiska masalasi nima bo'ldi? Parlament Ichki ishlar vaziriga so'rov yubordi
Ma'lumki, prezidentimizning 2020-yil 22-apreldagi “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2020-yil 22-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari eʼlon qilingandi.
Mazkur hujjatlarga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi va tegishli davlat idoralari zimmasiga fuqarolik va migratsiya masalalariga oid masʼuliyatli vazifalar yuklatilgan edi.
Xususan, fuqarolik masalalariga oid idoralararo maʼlumotlar elektron bazasini shakllantirish, “Manzil” tizimini takomillashtirish va davlat idoralarining tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish, identifikatsiya ID-kartasiga ega boʻlish imkoniyatlarini yaratish kabi vazifalar belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, parlament quyi palatasining navbatdagi majlisida Oliy Majlis Qonunchilikpalatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tashabbusi bilan ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonovga “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonun hamda sohaga oid 2020-yilda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida”gi quyi palataning parlament soʻrovini yuborish haqida qarori qabul qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71809 | Инструменты