Huawei 1
Andijon viloyati Izboskan tuman hokimi ishdan olindi, o’rniga v.v.b. tayinlandi

Xalq deputatlari Andijon viloyati Izboskan tumani kengashi sessiyasida hokim almashdi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot kotibi.

Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov ishtirokida o‘tkazilgan sessiyada uning qaroriga asosan tuman hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan Serobiddin Poziljonovich Ismoilovni vazifasidan ozod etildi. U 2 kun avval — 8-dekabr kuni hokim sifatida ko‘rinish bergan, tuman hokimligi uning aholi bilan sayyor qabul o‘tkazgani haqida yozgandi. Ismoilov mazkur lavozimga 2018-yilda tayinlangan.

Hokim vazifasini vaqtinchalik bajarish esa tuman hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Hojiakbar Umarovga topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91004 | Инструменты