Sug‘urta qoplamalarining asosiy qismi majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha kelib tushgan sug‘urta da’volariga to‘g‘ri kelmoqda. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 2017 yilning 7 oyida 3,2 mlrd.so‘m sug‘urta qoplamasi to‘langan.
Milliy sug‘urta bozoridagi kuchli raqobat sharoitida mijozlarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish «KAFOLAT sug`urta kompaniyasi» AJ ning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
Operativ ma’lumotlarga ko‘ra 2017 yil 1 avgust xolatiga kompaniya tomonidan majburiy va ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha 405 000 dona shartnoma imzolanib, deyarli 44,0 mlrd. so‘m sug‘urta mukofoti jamlandi. Kompaniya tomonidan olingan sug‘urta javobgarligi hajmi 26 487,6 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
Yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari asosan majburiy sug‘urta turlariga to‘g‘ri kelmoqda, jumladan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash turi bo‘yicha deyarli 266 ming dona shartnoma imzolanib, sug‘urta mukofotlari hajmi esa 13065,8 mln. so‘mni tashkil etdi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash turi bo‘yicha esa 7564 dona shartnoma imzolandi va ushbu sug‘urta turi bo‘yicha 8408,7 mln.so‘m sug‘urta mukofoti jamlandi.
Joriy yil 7 oy yakunlari bo‘yicha Kompaniya tomonidan 6500 ta sug‘urta da’volari ko‘rib chiqilib, 15,5 mlrd. so‘m sug‘urta qoplamalari amalga oshirilgan.
Sug‘urta qoplamalarining asosiy qismi majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha kelib tushgan sug‘urta da’volariga to‘g‘ri kelmoqda. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 2017 yilning 7 oyida 3,2 mlrd.so‘m sug‘urta qoplamasi to‘langan.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 2017 yil 1 avgust xolatiga 8,5 mlrd. so‘m sug‘urta qoplamalari amalga oshirilgan.
Ushbu ko‘rsatkichlar shuni ko‘rsatmoqdaki, sug‘urta xodisasi yuz berganda, kompaniya o‘z mijozlari oldidagi majburiyatlarini vaqtida va sifatli bajarishga intiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91300 | Инструменты