Huawei 1
Banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi

“Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-1070-son, 23.06.2025 y.) qabul qilindi.

Qonun banklar, banklar guruhlari va bank aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiluvchi xolding kompaniyalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Markaziy bank banklarni sanatsiya qilish va tugatish sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Quyida sanab o‘tilgan barcha asoslarning mavjudligi bankni sanatsiya qilishni boshlash uchun asos deb hisoblanadi:

- bankning to‘lovga qobiliyatsizligi yoki to‘lovga qobiliyatsizlikning yuzaga kelish ehtimoli yuqoriligi;

- banklar tomonidan ko‘rilgan choralar, shuningdek Markaziy bank tomonidan qo‘llangan nazorat choralari to‘lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etishga qodir bo‘lmaganligi yoxud 6 oy ichida buning ehtimoli mavjud emasligi;

-bankning tizimli ahamiyatga molik ekanligi yoki tizimli ahamiyatga molik bo‘lmagan bankni majburiy tugatish orqali belgilangan maqsadlarga erishib bo‘lmasligi sababli sanatsiya qilish zarurligi.

Markaziy bank sanatsiya qilinayotgan bankning maxsus boshqaruvchisini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.

Sanatsiya qilish vositalari quyidagilardan iborat:

- aktivlar va majburiyatlarni o‘tkazish (sotish);

- oraliq bankni tashkil etish;

- hisobdan chiqarish va (yoki) konvertatsiya qilish.

Qonunga ko‘ra, sanatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar Markaziy bank bankning aktivlari va majburiyatlari, shuningdek balansdan tashqari moddalari baholashdan o‘tkazilishini taʼminlaydi.

Baholovchi Markaziy bankka quyidagilarni o‘z ichiga olgan xulosani taqdim etadi:

- bankni sanatsiya qilish boshlangan kunda mazkur bankni majburiy tugatish tashabbus qilingan bo‘lsa, sanatsiya qilinayotgan bank aksiyador va kreditorlari ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlarning miqdori;

- sanatsiya qilinayotgan bankning aksiyadorlari va kreditorlari ko‘rgan haqiqiy zararlar miqdori;

- yuqorida ko‘rsatilgan zararlar o‘rtasidagi farq.

Shuningdek, Markaziy bank hamda Omonatlarni kafolatlash agentligining qo‘shma qarori asosida sanatsiya qilish jamg‘armasi tashkil etiladi.

Markaziy bank sanatsiya qilinayotgan bank tuzgan shartnomalar bo‘yicha uning to‘lov va o‘tkazmalarga doir muayyan majburiyatlarini 6 haftadan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turishga haqli.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62518 | Инструменты