Birjada 2,7 trln so'mlik tovarlar sotildi, bug'doy, paxta yog'i va shrot narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 9-15-oktabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 719,4 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 15,6% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 79,6% birja savdolariga, qolgan 20,4% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 165,2 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Bug‘doy

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolarida 58 660,0 tonna bug‘doy sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 61 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 11 732,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda bug‘doyning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 2 856,1 ming so‘mdan 2 751,7 ming so‘mgacha pasaydi.

Paxta yog‘i

O‘tgan haftada birja savdolarida 1 553,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 17 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 15 442,8 ming so‘mdan 13 118,3 ming so‘mgacha pasaydi.

Shrot

Birja savdolariga 14 238,0 tonna Shrot qo‘yildi va uning 5 056,0 tonnasi, yaʼni 35,5% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 19 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda Shrot bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 178,5 ming so‘mdan 3 615,9 ming so‘mgacha pasaydi. Shrotning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 1 011,0 tonnani tashkil qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты