Birja bozorida armaturaning hissasi oshmoqda

2017 yilning boshidan beri “O‘zRTXB” AJ ning birja savdolarida 47,5 ming tonnadan ziyod qora metall mahsulotlari sotildi. Armaturaning bozordagi ulushi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 3% ga o‘sib, 72% ni tashkil etdi. Mazkur metallni sotish hajmi 34,2 ming tonnani tashkil etdi. Burchakning turi markalarini sotish ko‘rsatkichi 18% ga pasayib, ularning bozordagi hissasi 20% dan 18% gacha qisqardi.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida 12-35 gs markali armaturaning o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 4,8 mln so‘mdan oraliq maksimumga, ya’ni 6,0 mln so‘mgacha ko‘tarildi. Keyingi 5 oy mobaynida birjaning armatura bozori birja savdolariga qo‘yilish hajmini sekin-asta o‘sishi evaziga pasayish davrida bo‘ldi. Xususan uning o‘rtacha narxlari 20% ga qisqarib, 4,8 mln so‘mni tashkil etdi. Sentabr oyida esa o‘sish dinamikasi tiklanib, ushbu ko‘rsatkich 5,4 mln so‘mgacha ko‘tarildi. Shuningdek mazkur markali armaturani bir oyda savdolarga qo‘yishning o‘rtacha hajmi 830 tonnani tashkil etdi.

Burchak bozori o‘tgan davr mobaynida asosan o‘sish tendensiyasini namoyon etdi. Xususan yilning boshidan beri 63 st3 markali po‘lat burchagini narxlari bir tonnasi uchun 4,6 mln so‘mdan 6,1 mln so‘mgacha oshdi. Rekord darajadagi narx, ya’ni 6,5 mln so‘m mavsumiy talab oshishi sababli joriy yilning iyulida qayd etildi. Ushbu markali burchakning savdoga qo‘yilishining o‘rtacha oylik hajmlari joriy yilda 372 tonnani tashkil etdi.

Qora metallni sotib olish tarkibida viloyatlar kesimida ayrim o‘zgarishlar qayd etildi. Xususan Toshkent shahri va Toshkent viloyatining ulushi 2016 yilning mos davri bilan solishtirganda 2% ga o‘sdi va 39% ni tashkil etdi. Andijon viloyatining xaridorlari qora metallni 87% ga ko‘proq sotib olganligi sababli, ularning ulushlari ikki marotabaga o‘sib, 6% ni tashkil etdi. Surxondaryo viloyatining ist’emolchilariga birja qora metall bozorining 5% to‘g‘ri kelmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71304 | Инструменты