“Samarkand-2028” sun’iy yo‘ldoshi orbitaga muvaffaqiyatli chiqarildi

Xitoyning STAR.VISION kompaniyasi “O‘zbekkosmos” agentligi bilan hamkorlikda yaratilgan Yerdan masofadan zondlash bo‘yicha Samarkand-2028 giperspektral sun’iy yo‘ldoshini orbitaga muvaffaqiyatli chiqardi, deb xabar berdi Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati.

Uchirish 5-avgust kuni Xitoyning Shandun provinsiyasi qirg‘oqlari yaqinidagi dengiz uchirish platformasidan amalga oshirildi. Samarkand-2028 bilan birga orbitaga “Lampung-1” sun’iy yo‘ldoshi ham chiqarildi. Ikkala apparat ham Xitoyning STAR.VISION kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Raqamli texnologiyalar vazirligi ushbu loyihani O‘zbekiston tarixidagi eng yirik xalqaro kosmik loyihalardan biri deb atadi, u milliy kosmik dasturni rivojlantirishning yangi bosqichini ochadi hamda Xitoy bilan ilmiy-texnologik hamkorlikni mustahkamlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80512 | Инструменты