Bugun buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludiga 579 yil to'ldi
Bugun buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludiga 579 yil to'ldi. Alisher Navoiy o'zbek adabiyotining rivojiga ulkan hissa qo'shgan . Mana, oradan 5 asr o'tgan bo'lsa ham Navoiy asarlari millatimizning eng ulkan ma'naviy xazinasi bo'lib kelmoqda.
O'zbekistonda Navoiy bobomiz nomlari bilan yuritiluvchi bog'lar, ilm-fan, madaniyat maskanlari va ayniqsa, viloyatimizga ham buyuk mutaffakirning nomlari berilishi davlatimizning, xalqimizning shoir siymosiga bo'lgan ehtiromning yorqin namunasidir.
Alisher Navoiy turkiy va forsiy tillarda g'azallar bitgan. Uning nazmiy asarlari 120 ming baytdan ortiq. 51230 misradan tashkil topgan. "Xamsa” esa shoirning shoh asaridir. "Xazoyin ul-maoniy” (Ma'nolar xazinasi) devoni qariyib 45 ming misradan iborat.
Mir Alisher Navoiy butun umrini nafaqat ijodga, balki xalq farovonligi yo'lida bunyodkorlik hamda ezgulik va xayr-saxovat ishlariga bag'ishlagan. Bobokalonimiz faqat Hirotda emas, Xurosonning barcha viloyatlarida ham ko'plab xayriya uylari, ko'prik va rabotlar, hovuzlar barpo ettirgani tarixdan bizga ma'lum. Barchamizga yaxshi ayonki, Navoiy o'z davrida zamondosh shoirlar, olimlar va san'at ahlining moddiy va ma'naviy ko'makchisi, san'at va adabiyotning haqiqiy homiysi bo'lganlar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91808 | Инструменты