Huawei 1
Sakkiz oy ichida bog'chalarda 9 tonnadan ortiq sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari aniqlandi

Joriy yilning 8 oyi davomida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari tomonidan  3554 ta bog'chalarda rejali tekshirishlar o‘tkazildi.

Unga ko'ra, kimyoviy tahlillar uchun 83231 ta namunalardan 4110 tasi, bakteriologik tahlillar uchun olingan 88203 ta namunalardan 9027 tasi SanQvaN talablariga javob bermadi.

Shuningdek, guruhlarda xona haroratini (mikroiqlim ko‘rsatgichlari) 23425 tasining 1658 tasida harorat talab darajasida emasligi, yorug‘lik ko‘rsatgichlari 43665 ta nuqtada o‘lchanganda 2559 tasida yoritilganlik pastligi aniqlandi.

Bundan tashqari, bolalar ovqatlanishini to‘g‘ri va xavfsiz tashkil etilganligi ustidan nazoratni amalga oshirilganda mikrobiologik ko‘rsatgichlarga tayyor oziq-ovqat mahsulotlaridan 8122 ta namunadan 323 tasi, ichimlik suvidan 4461 ta namunadan 237 tasi talabga javob bermadi.

Kimyoviy tahlillarga ko'ra, 4986 ta namunalardan 878ta namunasida ovqat to‘yimliligi pastligi, sabzavotlarda nitrat qoldiqlarini tekshirish uchun 12301 ta namunadan 257 ta namunada nitrat qoldiqlari, osh tuzida yod miqdorini aniqlash uchun 2321 ta namunalardan 718 ta namunalarda yod miqdori kamligi aniqlandi.

Natijada mas’ul shaxslarga nisbatan 3705 ta holatda ma’muriy choralar (jarimalar) qo‘llanildi, 110 ta muassasa ish faoliyati vaqtincha toʻxtatildi, 446 nafar ishchi-xodimlar tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtmaganligi sababli ishdan vaqticha chetlatildi. 9486,4 kilogrammdan ortiq miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari brakeraj qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91717 | Инструменты