BMTning Global innovatsion indeksi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 2025-yilgi reytingda dunyo yetakchisi Shveysariya bo‘lib qolmoqda, u 2011-yildan beri ro‘yxatda liderlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda Shvetsiya, uchinchi o‘rinda esa AQSH joylashgan. Xitoy o‘ninchi o‘rinni egallab, Germaniyani o‘n birinchi o‘ringa siqib chiqargan.
Shuningdek, o‘ntalikka Janubiy Koreya, Singapur, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Niderlandiya va Daniya ham kirgan. 2024-yildayoq Xitoyga barcha xalqaro patent arizalarining taxminan to‘rtdan bir qismi to‘g‘ri kelgan. Bu boshqa har qanday mamlakatga nisbatan yuqori koʻrsatkich. Taqqoslash uchun: AQSH, Yaponiya va Germaniya birgalikda bunday arizalarning qariyb 40 foizini ta’minlagan, biroq har uchala mamlakatda ham ko‘rsatkichlar pasaygan.
Markaziy Osiyodagi koʻrsatkichlarga ko‘ra, 139 ta davlat ichida mintaqa mamlakatlari quyidagi oʻrinlarni qayd etgan:
- Oʻzbekiston 79-oʻrin
- Qozogʻiston 81-oʻrin
- Qirgʻiziston 96-oʻrin
- Tojikiston 108-oʻrin
- Turkmaniston esa reytingga kiritilmagan.
Ma'lumot o'rnida, Global innovatsion indeks har yili sentyabr oyida e’lon qilinadi. U bir nechta koʻrsatkichlar, jumladan, mamlakatlarning innovatsion salohiyati, bilim va texnologiyalarning rivojlanishi, ishbilarmonlik muhiti va boshqalar asosida baholanadi.
O‘zbekiston 2024-yilda 132 ta davlat orasida 83-o‘rinni qayd etgan edi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin 5 yil ichida O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91717 | Инструменты