Huawei 1
Toshkent issiqlik elektr markazida mazut yoqilg‘isidan foydalanilmaydigan bo'ldi

2024-yilda Toshkent issiqlik elektr markazida umumiy quvvati 64 MVt bo‘lgan yangi gaz-turbinalari foydalanishga topshirilgan edi. Ushbu qurilmalar orqali 515 mln kVt⋅soat elektr va 630 Gkal issiqlik energiyasi poytaxt aholisi va iqtisodiyoti ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilmoqda.

Markazda joylashgan 3 ta zamonaviy gaz-turbinali qurilmalarga ekopostlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali atmosferaga chiqarilayotgan gazlar doimiy monitoring markazi tomonidan kuzatilib, tahlil qilib boriladi.

Energetika sohasidagi xalqaro hamkorlik doirasida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va Turkiyaning “Iltekno” kompaniyasi bilan birgalikda Toshkentning Chilonzor, Olmazor va Sergeli tumanlarida zamonaviy kogeneratsiya markazlari bunyod etildi.

Bundan tashqari, zamonaviy qurilmalar poytaxtning 7 ta — Mirzo Ulug‘bek, Yunsobod, Shayxontohur, Uchtepa, Mirobod, Yashnobod, Yangihayot tumanlarida ham joriy etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91716 | Инструменты