Kiyevning Yevropa ittifoqchilari AQSh ko'magida sulhni kuzatish, chegaralarni himoya qilish, armiyani qayta tiklash va Ukrainaning havo va dengiz makonini xavfsizligini ta'minlash uchun ko'p millatli kuchlar tuzishni taklif qilishdi.
Ukrainaning Yevropadagi ittifoqchilari Kiyev va Moskva o'rtasidagi potensial tinchlik kelishuvini qo'llab-quvvatlash uchun "ko'p millatli kuch" tuzishni taklif qilishdi. Bu haqda Berlindagi muzokaralarda ishtirok etgan Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Polsha, Finlyandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Niderlandiya, Daniya, shuningdek, Yevropa Kengashi va Yevropa Komissiyasi rahbarlarining qo'shma bayonotida aytilgan. Bayonot Germaniya hukumati veb-saytida 15-dekabr, dushanba kuni kechqurun e'lon qilindi.
"Tayyorlar koalitsiyasi" tarkibidagi manfaatdor davlatlar tomonidan tuzilgan va Qo'shma Shtatlar tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan Yevropa boshchiligidagi "Ukraina uchun ko'p millatli kuch" Ukraina Qurolli Kuchlarini tiklashga, Ukraina havo hududi xavfsizligini ta'minlashga va dengiz xavfsizligini, shu jumladan Ukraina hududidagi operatsiyalar orqali saqlashga hissa qo'shadi", deyiladi bayonotda.
Yevropa yetakchilari Ukraina Qurolli Kuchlari sonini 800 000 kishidan iborat bo'lishini qo'llab-quvvatlamoqda.
Unda tinchlik davrida Ukraina armiyasining maksimal soni "mojarolarni oldini olish va Ukraina hududini himoya qilish uchun" 800 000 askar bo'lishi kerakligi ta'kidlangan. Bundan tashqari, xalqaro ishtirokda "AQSh boshchiligidagi sulhni kuzatish mexanizmi", shuningdek, o'zaro keskinlikni kamaytirish choralarini ishlab chiqish mexanizmi yaratilishi kerak.
Bayonotga ko'ra, Yevropa Ukrainaga "kelajakda qurolli hujum sodir bo'lgan taqdirda tinchlik va xavfsizlikni tiklash" choralarini ko'rish bo'yicha qonuniy majburiyatni o'z zimmasiga oladi. "Bu choralar qurolli kuchlardan foydalanish, razvedka va logistika yordami, shuningdek, iqtisodiy va diplomatik harakatlar bo'lishi mumkin", deyiladi matnda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121617 | Инструменты