Hozirgacha Eronda harbiy harakatlar natijasida kamida 1332 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, deya xabar qildi Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravoniy.
Uning boshqa bayonotlari:
- Eronda 13 ta tibbiyot muassasasi hujumga uchradi, 20 dan ortiq maktab zarar ko‘rdi;
- AQSH va Isroil Erondagi tinch aholiga ataylab zarba bermoqda;
- Eron urush va eskalatsiyani istamaydi, lekin hech qachon taslim bo‘lmaydi;
- Tehron tinch aholiga zarba bermaydi, harbiy bo‘lmagan nishonlarga zarba berish haqidagi xabarlarni tekshiradi;
- Eron hech qachon tashqi kuchlarning mamlakat ichki ishlariga aralashishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30713 | Инструменты