Huawei 1
Xitoy o‘z manfaatlarini buzadigan davlatlarni qat’iy ogohlantirdi

Xitoy AQSh bilan bitim tuzayotgan va o‘z manfaatlariga zarar yetkazadigan ayrim davlatlarga tegishli tarzda javob qaytaradi, dedi Xitoy Savdo vazirligi vakili.

«Alohida ta’kidlash joizki, Xitoy har qanday tomonning o‘z manfaatlariga zarar keltiruvchi bitimlar tuzishiga qat’iy qarshi. Agar bu sodir bo‘lsa, Xitoy buni hech qachon qabul qilmaydi va bir xil darajada qat’iy qarshi choralar ko‘radi», deyiladi bayonotda.

Bayonot AQSh ma’muriyatining Xitoy bilan munosabatlarini cheklash uchun bosim o‘tkazish maqsadida boshqa davlatlar bilan tariflar bo‘yicha muzokaralardan foydalanish rejalariga javoban yangragan.

«G‘oya AQSh savdo hamkorlarini Oq uy tomonidan o‘rnatilgan savdo va tarif to‘siqlarini kamaytirish evaziga Xitoy iqtisodiyotini izolyatsiya qilish majburiyatini olishga majbur qilishdir», deb yozdi The Wall Street Journal.

Xitoy Savdo vazirligi o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishga qodir ekanini ta’kidlab, xalqaro savdo «o‘rmon qonuniga» qaytganidan so‘ng barcha davlatlar qurbon bo‘lishidan ogohlantirdi.

Xitoy tahdidlarga qarshi turishga va xalqaro adolatni himoya qilishga tayyor, deb qo‘shimcha qildi departament.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51100 | Инструменты