Huawei 1
Tramp urushlarni deb uxlolmayotganini aytdi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya-Ukraina mojarosini tugatish bo‘yicha sa’y-harakatlardan hafsalasi pir bo‘layotgani va u uchun uyquli tunlar kamayib ketganini aytdi. Bu haqda Oq uy rahbari Florida shtatidagi yetakchi homiylar bilan uchrashuvda so‘z ochdi.

Ma’lum qilinishicha, Tramp inqirozni hal qilish uchun kechalari uyqudan voz kechgan. Donorlardan birining savoliga javob berar ekan, Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralardagi qiyinchiliklar uning to‘liq nazoratga intilishi bilan bog‘liqligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, AQSH Prezidenti G‘azo sektoridagi mojaroni hal qilishdagi qiyinchiliklarga ishora qilib, bu mintaqa ming yillardan beri urush holatida ekanini ta’kidlagan.

Ba’zi amerikalik amaldorlar Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni yo‘lga qo‘ya olsagina o‘z missiyasini bajargan deb hisoblashini ta’kidlagan.

OAVning yozishicha, voqealarning keyingi rivoji Moskva va Kiyevga bog‘liq bo‘ladi, Qo‘shma Shtatlar esa boshqa ustuvor vazifalarga e’tibor qaratadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51022 | Инструменты