10 may kuni O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-mayor Shuhrat Xolmuhammedov va Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov o‘zaro uchrashuv chog‘ida 2026-2030 yillarda ikki davlat o‘rtasidagi harbiy sohadagi strategik sheriklik dasturini amalga oshirish rejasini imzoladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Muzokaralar yakunida tomonlar Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi harbiy sohadagi Strategik sheriklik dasturini 2026-2030 yillarda amalga oshirish rejasini imzoladi”, deyiladi xabarda.
Belousov o‘z chiqishida Rossiya Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba uchun O‘zbekiston SSR qanday katta qurbonliklar qilganini unutmasligini ta’kidlagan. U, shuningdek, O‘zbekiston fashizmga qarshi kurashda Sovet armiyasini orqa frontdan va harbiy-texnik ta’minot bilan qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaganini eslatgan.
Xolmuhammedov esa Moskvadagi harbiy paradda qatnashgan o‘zbekistonlik harbiylar uchun tashkil etilgan sharoitlar uchun rossiyalik mavqedoshiga minnatdorlik bildirgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51022 | Инструменты