O‘zbekistonlik xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov musobaqaning 2-turida oq donalarda amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi bahs olib borib, durang natijaga erishdi.
3-turda esa Nodirbek qora donalarda hindistonlik iqtidorli shaxmatchi Rameshbabu Praggnanandhaaga qarshi o‘ynab, afsuski, imkoniyatni boy berdi.
Bugun, 10 may kuni bo‘lib o‘tadigan 4-turda hamyurtimiz yana qora donalarda o‘yin o‘tkazadi — bu safar u amerikalik kuchli shaxmatchi Fabiano Caruanaga qarshi bahs olib boradi.
Musobaqa jami 9 turdan iborat bo‘lib, 16 mayga qadar davom etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51100 | Инструменты