Huawei 1
Tusk: Varshava savdo markazidagi yong‘in — Rossiya maxsus xizmatlari buyurtmasi natijasi

2024 yilning may oyida Varshavadagi Marywilska savdo markazidagi yong‘in Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan buyurtma qilingan o‘t qo‘yish natijasida sodir bo‘lgan. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida 11 may, yakshanba kuni Polsha bosh vaziri Donald Tusk aytib o‘tdi.

«Jinoyatchilarning baʼzilari allaqachon qo‘lga olingan, qolganlarining shaxsi aniqlanib, qidirilmoqda. Hammangizni topamiz!» — deb yozgan Tusk.

Yozuvda bunday xulosalarga nima asos bo‘lganligi aniqlashtirilmagan.

O‘z navbatida, ichki ishlar va maʼmuriyat vaziri, Polsha maxsus xizmatlari koordinatori Tomash Semonyak X ijtimoiy tarmog‘ida post eʼlon qildi, unda u Polsha adliya vaziri va bosh prokurori Adam Bodnar bilan qo‘shma bayonotga ishora qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51221 | Инструменты