11 may kuni Eronning Tehron shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Eron biznes forumida eronlik ishbilarmonlar Xorazm va Samarqand viloyatlaridagi sanoat zonalari imkoniyatlaridan keng foydalanishga taklif etildi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmari xabar berdi.
Biznes forumining ochilishida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Eronning birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Oref so‘zga chiqdi.
“Mavjud zaxiralar chuqur tahlil qilinib, yangi o‘sish nuqtalari belgilandi, umuman olganda, 1 milliard dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlari shakllantirildi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston dunyodagi ko‘plab davlatlar bilan imtiyozli savdo tizimiga ega ekani ma’lum qilinib, eronlik ishbilarmonlar Xorazm va Samarqand viloyatlaridagi sanoat zonalari imkoniyatlardan keng foydalanishga taklif etildi.
Bundan tashqari, o‘zaro savdoda barqarorlik kuzatilayotgani, xususan, tovar ayirboshlash hajmi 500 million dollarga yetgani, qo‘shma korxonalar soni 210 dan oshgani qayd etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51302 | Инструменты