Huawei 1
“Tolibon” fuqarolarning internetdagi faoliyatini nazorat qiladi

“Tolibon”ning Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi fuqarolarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatishni boshlaydi. Bu haqda Etilaatroz xabar berdi.

Vazirlik vakili Saif al-Islom Xaybar davlat televideniyesi orqali bergan bayonotida, ijtimoiy tarmoqlardan “noqonuniy va axloqqa zid maqsadlarda foydalanish” huquqiy ta’qibga olib kelishini aytgan. Unga ko‘ra, hech bir shaxs yoki tashkilotga ijtimoiy tarmoqlardan “noto‘g‘ri va noaxloqiy maqsadlar”da foydalanishga ruxsat berilmaydi.

Xaybar ijtimoiy tarmoqlar “ishonchli xabarlar tarqatish, diniy va zamonaviy ilmlarni targ‘ib qilish, islom ummatining birligini mustahkamlash va o‘zaro hurmatni rivojlantirish” uchun xizmat qilishi kerakligini ta’kidlagan. U tarmoqlarda “xurofot, haqorat, axloqiy va intellektual og‘ishlarga yo‘l qo‘yilmasligi” zarurligini bildirgan.

“Tolibon” rasmiysiga ko‘ra, vazirlik “o‘zining qonuniy vakolatlari va imkoniyatlaridan foydalanib, millatning e’tiqodi, fikrlari va ijtimoiy ruhiyatini yo‘q qilishga intilayotgan barcha tarmoqlar, sahifalar va manzillarni kuzatib boradi va zarur hollarda ta’qib qiladi”.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51302 | Инструменты