Huawei 1
Buxorodagi avtoturargohda 3 ta avtomobil yonib ketdi

12 may kuni Buxoro shahridagi avtoturargohda Lacetti, Captiva va Nexia avtomobili yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 11:45 da Buxoro shahar “Fitrat” MFY Mirakon ko‘chasida joylashgan avtoturargohda yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar tushgan. Voqea joyida 3 ta yong‘in-qutqaruv avtoekipajlari jalb qilingan. Yong‘in oqibatida Lacetti, Captiva va Nexia-2 rusumli  avtomobillari qisman yongan. Voqea joyiga yong‘in qutqaruv ekipajlari soat 11:50 da yetib borib, soat 12:02 da batamom o‘chirilgan.

Bildirilishicha, hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51301 | Инструменты