AQSH prezidenti Ukraina va Rossiya yetakchilariga urushni hozirgi front chizig‘ida to‘xtatish keraklini uqtirgani haqida gapirdi.

"Men prezident Zelenskiy bilan uchrashganimni bilasizlar. Nazarimda, biz juda yaxshi, iliq va do‘stona uchrashuv o‘tkazdik. Ular zudlik bilan urushni to‘xtatishlari shart. Hozir u qayerdan o‘tishidan qatʼi nazar, front chizig‘ida to‘xtatish kerak, aks holda hamma narsa juda chalkashib ketadi va tushunib bo‘lmaydigan darajaga kelib qoladi. Front chizig‘ida to‘xtab, ikkala tomon ham uyga, o‘z oilalari bag‘riga qaytishi, qotilliklarni to‘xtatishi lozim, tamom-vassalom. Hoziroq, front chizig‘i bo‘ylab janglarni to‘xtatish zarur. Men buni prezident Zelenskiyga aytdim. Buni prezident Putinga ham aytdim. Barchangizga katta rahmat", – dedi Tramp.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101816 | Инструменты