Toshkentda “Chery” avtomashinasi “Malibu” ustiga chiqib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati rasmiy munosabat berdi.
2025 yil 17 oktyabr soat 15:20 larda Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasida Chery, Malibu-2 va 2 ta Cobalt rusumli transport vositalari o‘zaro to‘qnashdi.
Yo‘l-transport hodisasida tan jarohat olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101720 | Инструменты