Tramp va Zelenskiy uchrashuvi yutuqsiz yakunlandi

AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy oʻrtasidagi uchrashuv Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida hech qanday muhim yutuqlarsiz yakunlandi. Ikki yetakchining 28-dekabr, yakshanba kuni Palm-Bichda boʻlib oʻtgan muzokaralari ikki yarim soatdan koʻproq davom etdi. Bu yil boshidan beri yetakchilar oʻrtasidagi toʻrtinchi uchrashuv.

Tinchlik kelishuviga qachon erishish mumkinligi haqida gapirar ekan, Tramp qoʻshma matbuot anjumanida shunday dedi: "Agar ishlar juda yaxshi ketsa, ehtimol bir necha hafta ichida. Agar ular yomonlashsa, koʻproq vaqt talab etiladi. Agar ular juda yomonlashsa, hech narsa samara bermaydi".

Amerikalik yetakchi Ukrainadagi janglarni Ikkinchi Jahon urushidan beri eng halokatli va ehtimol eng katta mojaro deb atadi.

Zelenskiy: AQSh-Ukraina xavfsizlik kafolatlari 100 foiz kelishilgan

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oʻz navbatida 20 banddan iborat tinchlik rejasi 90 foiz kelishilganiga va AQSh-Ukraina xavfsizlik kafolatlari 100 foiz kelishilganiga ishonch bildirdi. Ukraina rahbari AQSh-Yevropa-Ukraina xavfsizlik kafolatlari ham deyarli yakunlanganini qoʻshimcha qildi.

Trampning so'zlariga ko'ra, Yevropa Kiyevning xavfsizlik ehtiyojlarining katta qismini o'z zimmasiga oladi, ammo AQSh yordam ko'rsatishga tayyor.

Zelenskiyning so'zlariga ko'ra, ikki mamlakat jamoalari kelgusi haftalarda bahsli masalalarni muhokama qilishni yakunlash uchun uchrashadi. Uning ta'kidlashicha, Yevropa yetakchilari va Ukraina delegatsiyasi yanvar oyida Vashingtonga kelishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122911 | Инструменты