Huawei 1
Tramp urushni to‘xtatish haqida Putin bilan telefon orqali gaplashishini aytdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashadi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqda maʼlum qildi. Suhbat 19 may kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi (Tramp qaysi davlat vaqti ekaniga aniqlik kiritmadi).

«Muzokara mavzusi haftasiga o‘rtacha 5 mingdan ortiq rossiyalik va ukrainalik askar o‘layotgan «qonli hammom»ni to‘xtatish va savdo bo‘ladi», deb yozdi Tramp.

Putin bilan suhbatdan so‘ng Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va «NATO aʼzolari» bilan gaplashmoqchi.

16 mart kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida Tramp Putin urushdan “charchaganiga” ishonch bildirdi va uning pozitsiyasini tinchlikka to‘siq sifatida qarashdan bosh tortdi.

Putin va Tramp o‘rtasidagi avvalgi telefon muloqoti 18 mart kuni bo‘lib o‘tgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51808 | Инструменты