Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Qora dengizda 75 milliard kub metr gaz zaxirasiga ega gaz koni topilganini maʼlum qildi.
«Kecha, 49 kunlik burg‘ulash va sinovlardan so‘ng biz Go‘ktepe-3 konida 75 milliard kub metr gaz zaxirasini aniqladik. Bu hajm bizning xonadonlarimizni (butun Turkiya bo‘ylab) uch yarim yil davomida taʼminlash uchun yetarli. Zaxiralarning qiymati 30 milliard dollarga baholanmoqda», dedi Erdo‘g‘an Istanbulda so‘zlagan nutqida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Qora dengiz gaz konlari hozirda 9,5 milliard kub metr gazdan foydalangan holda 4 million xonadonni gaz bilan taʼminlamoqda. 2028 yilga borib, bu ko‘rsatkichni 4 barobarga oshirish rejalashtirilgan.
2021 yil iyun oyida Erdo‘g‘an Qora dengizda 135 milliard kub metr hajmdagi gaz koni topilganini eʼlon qildi. Prezident taʼkidlaganidek, Turkiya tomonidan Qora dengizda topilgan gaz konlarining umumiy hajmi shu tariqa 540 milliard kub metrga yetdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51807 | Инструменты