Huawei 1
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi

25 aprel kuni Turkiyaning Istanbul shahri aeroportining xalqaro yo‘lovchilarni qabul qilish zalida o‘tkazilgan tekshiruvlar chog‘ida Qozog‘istonning Chimkent shahridan uchib kelgan 3 nafar ayol to‘xtatildi.

Ular o‘zbekistonlik Aziza B., Dilsora A. va Firuza K. ekani aytilmoqda. Gumonlanuvchilarning yuklari tekshirilgan, ammo hech narsa topilmagan. Ammo rentgenogrammada ayollarning beli sohasida qattiq jismlar borligi aniqlangan.

Jiddiy shubhalar tufayli gumonlanuvchilar prokuraturaning ko‘rsatmasi bilan rentgen tekshiruvidan o‘tish uchun shifoxonaga olib borilgan. Rentgen nurlari ham ayollarning jinsiy aʼzolarida qandaydir narsalar borligini ko‘rsatgan.

Gumonlanuvchilar ayol politsiyachilar nazorati ostida maxsus hududda tintuv qilingan va jinsiy aʼzolaridan tillalar olib tashlangan.

Taʼkidlanishicha, ayollarning jinsiy aʼzolaridan jami 120 dona turli og‘irlikdagi, umumiy og‘irligi 6 kilogramm 28 gramm bo‘lgan tilla tangalar olingan.

Oltinlar Huquqbuzarliklar profilaktikasi va tergov byurosi guruhlariga topshirilgan. Hodisa yuzasidan tergov davom etmoqda.

Turkiyada oltin kontrabandasi qonunga ko‘ra qattiq jazolanadi. Hatto kichik qoidabuzarliklar ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, jumladan jarima yoki qamoq jazosi. Mamlakatga qiymati 15 ming AQSH dollarigacha bo‘lgan qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini, agar ular tijorat maqsadlarida emas, shaxsiy foydalanish uchun bo‘lsa, bojsiz va soliqsiz olib kirishga ruxsat etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51809 | Инструменты