Suriya rasmiylari sobiq prezident Bashar Asadning amakivachchasi Vasim Asadni hibsga oldi. U giyohvand moddalar savdosi va boshqa jinoyatlarda gumon qilinmoqda, deb xabar berdi SANA axborot agentligi.
Bosh razvedka xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari Vasim Asadni Suriya-Livan chegarasida qo‘lga olgan. Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, u Bashar Asad davrida narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullangan.
Bashar Asad mamlakatni 2000 yildan beri boshqarib kelayotgan edi. 2024 yil dekabrda Suriyada keng ko‘lamli hujum boshlagan islomiy guruhlar koalitsiyasi hokimiyatni qo‘lga olganini eʼlon qildi. Asad isteʼfoga chiqdi va Rossiyaga uchib ketdi. 29 yanvar kuni Suriyada muvaqqat hukumat tuzildi, Ahmad Ash-Sharaa yangi prezident bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62220 | Инструменты