Indoneziyaning Bali shahrida o'tkazilayotgan qilichbozlik bo'yicha Osiyo chempionatida O'zbekiston ayollar terma jamoasi sablya yo'nalishida bronza medalini qo'lga kiritdi.
Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, saralash bahslarida Xitoy Taipeyi, Gonkong jamoalarini mag'lub etgan qizlarimiz yarim finalda Janubiy Koreyaga 42:45 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Uchinchi o'rin uchun bahsda esa xitoylik raqibalaridan 45:43 hisobida ustun kelishdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62222 | Инструменты