Huawei 1
Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSHga ayblov qo‘ydi

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSH Eronning tinch yadroviy inshootlariga hujum qilib, BMT Nizomi va xalqaro qonunlarni buzganini ta’kidladi. Bu haqda u Istanbulda o‘tkazgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.

U hujumni g‘ayritabiiy deb atadi va bu uzoqqa cho‘zilgan oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.

“Eron o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun barcha choralarni ko‘rish huquqini o‘zida saqlab qoladi”, deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil va AQSHning Eronga zarbalari Tehronni G‘arb bilan yadroviy masala bo‘yicha muzokaralar olib borish imkoniyatidan mahrum qildi.

Aroqchining ta’kidlashicha, bu haftada Eron “Yevropa uchligi” (Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya) bilan yadroviy muzokaralar olib bormoqda, ammo AQSH bu diplomatik tashabbusni buzishga qaror qilgan.

Vazirning aytishicha, bunday vaziyatda G‘arb davlatlari vakillari uning mamlakatini muzokaralarga qaytishga chaqirmoqda.

“London, Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Eron muzokaralar stoliga “qaytishi” kerak, deb hisoblaydi. Lekin biz hech qachon tark etmagan joyimizga qanday qaytishimiz mumkin, ayniqsa, bu stol hozir vayron bo‘lgan ekan?” degan u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62222 | Инструменты