Suriya muvaqqat rahbari Moskvada Putin bilan uchrashadi

Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad al-Shara 15-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan Moskvaga keladi va bu safar Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi. Bu haqda 14-oktabr, seshanba kuni Suriyaning SANA davlat axborot agentligi xabar berdi.

Bu Suriyaning sobiq prezidenti Bashar al-Assad rejimi ag‘darilganidan keyin Rossiyaga qochib ketganidan keyin al-Sharaning Rossiyaga ilk tashrifi bo‘ladi. Suriya va rossiyalik siyosatchilar mintaqaviy va xalqaro masalalarni, shuningdek, Damashq va Moskva o‘rtasidagi hamkorlik yo‘llarini muhokama qiladi, deya aniqlik kiritdi agentlik.

Moskvadagi Rossiya-Arab sammiti qoldirildi

Al-Shara 15-oktabr kuni Moskvada boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan Rossiya-Arab sammitida ishtirok etishni rejalashtirgan edi.AQSh prezidenti Donald Trampning Gʻazo boʻyicha rejasidagi oʻzgarishlar tufayli sammit qoldirildi. Shunga qaramay, al-Shara tashrifni davom ettirishga qaror qildi.

Tashrif davomida u Rossiyadagi suriyalik diaspora vakillari bilan ham uchrashishi kutilmoqda, deya xabar beradi dpa.

Tartus va Xmeymimdagi bazalar taqdiri bo'yicha muzokaralar

Reuters agentligining suriyalik manbaga tayanib xabar berishicha, al-Shara Rossiyaning Tartusdagi harbiy-dengiz bazasi va Xmeymimdagi aviabazasi kelajagi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish niyatida.

Tashrif chog‘ida siyosatchi suriyaliklarga qarshi sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar uchun Asadning ekstraditsiya qilinishini rasman talab qilishi kutilmoqda, deya qo‘shimcha qildi Reuters manbasi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101520 | Инструменты