Mamlakat tarixida birinchi marta xorijiy sayyohlar soni rekord koʻrsatkichlarni namoyish etmoqda — 2025 yil aprel oyidan boshlab Oʻzbekiston har oyda 1 milliondan ortiq xorijiy turistlarni qabul qilmoqda. Shu tariqa, joriy yilning toʻqqiz oyida Oʻzbekistonga 8,6 milliondan ortiq xorijiy turist tashrif buyurdi, bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 foizga koʻpdir.
Ushbu ko‘rsatkich davlatlar kesimida – 2025-yilda post-pandemik 2022-yilga nisbatan turistlar oqimining oʻsishi Britaniyadan 2,6 baravar, Qatardan 6,2 baravar, AQShdan 3 baravar, Fransiyadan 2,9 baravar, Rossiyadan 2,1 baravar, Vengriyadan 3,3 baravar, Germaniyadan 2,5 baravar, Polshadan 6,2 baravarga yetdi. Shuningdek, 2025 yilda turistik xizmatlar eksporti ham rekord darajaga — 3,6 milliard AQSh dollaridan oshdi.
Mahalliy turizm sohasidagi mislsiz yutuqlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida chuqur islohotlar va mamlakatning turistik salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan maqsadli sa’y-harakatlar natijasidir. Yetakchi jahon media platformalari bilan faol hamkorlik, xorijda keng koʻlamli road-showlar, xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etish va chet el ommaviy axborot vositalarida chop etilgan maqolalar Oʻzbekiston brendini global miqyosda sezilarli darajada mustahkamladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101521 | Инструменты