Suriyaning yangi hukumati Bashar al-Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyingi ilk parlament saylovlarini 5-oktabrga belgiladi.Ular Xalq Assambleyasining 210 a’zosidan 140 nafarini saylaydi, yana 70 nafarini prezident Ahmad al-Shara tayinlaydi.
Muvaqqat prezident Ahmad al-Shara boshchiligidagi Suriyaning yangi hukumati Bashar al-Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin ilk bor 5 oktabrga mamlakatning bir palatali parlamenti – Xalq kengashiga saylovlarni belgiladi. Bu haqda 21-sentabr, yakshanba kuni Suriyaning SANA davlat axborot agentligi xabar berdi.
Xabar qilinishicha, parlamentning 210 a'zosidan 140 nafarini saylash uchun ovoz berish mamlakatning "barcha saylov okruglarida" bo'lib o'tadi. Suriya saylov komissiyasi avvalroq iyul oyida druzlar va badaviylar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan As-Suvayda viloyatida, shuningdek, qisman kurd Suriya demokratik kuchlari (SDF) tomonidan nazorat qilinadigan Xasaka va Raqqa viloyatlarida xavfsizlik nuqtai nazaridan ovoz berishni keyinga qoldirish niyati borligini ma’lum qilgan edi. Prezident al-Sharaa parlamentning yana 70 a'zosini tayinlaydi.
Suriyaning yangi parlamenti mamlakatda kengroq demokratik jarayonga poydevor qo‘yishi kutilmoqda, chunki tanqidchilarning ta’kidlashicha, amaldagi tizim ozchilikning yetarlicha ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaydi, deb yozadi Reuters. O‘tish davrida parlament Suriyaning yangi qonunchiligini ishlab chiqish va doimiy konstitutsiyani yaratishga yordam berish bilan shug‘ullanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92302 | Инструменты