Huawei 1
Turkiyada o‘zbekistonlik ayol pichoqlandi

21 sentabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida 36 yoshli o‘zbekistonlik ayol pichoqlab o‘ldirildi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Turkiya matbuotida ayolning ismi Zulayho ekani haqida yozilgan, ammo aslida haqiqiy ismi boshqa bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, u bir necha yil avval Turkiyada bo‘lish qoidalarini buzgani uchun deportatsiya qilingan va mamlakatga kirishi taqiqlangan. Keyinchalik ism-familiyasini o‘zgartirgan holda Turkiyaga qaytgan.

Uni kim pichoqlagani ma’lum emas. Jinoyat bo‘yicha mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tergov harakatlarini olib bormoqda.

Ta’kidlanishicha, jasadni O‘zbekistonga yuborish uchun Bosh konsulxona tomonidan marhumning oila a’zolariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92302 | Инструменты