Huawei 1
"Ozodlik radiosi" 12 mln dollar olishi kerak - AQSh sudi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati "Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi" media korporatsiyasiga o‘z faoliyatini moliyalashtirish uchun AQSh Kongressi tomonidan tasdiqlangan mablag‘dan 12 million dollarni ajratishi kerak. AP agentligining 30 aprel, chorshanba kuni xabar berishicha, AQSh Global media agentligi (USAGM) aprel oyida uni moliyalashtirishda davom etishini ta’minlash uchun federal sudya Roys Lambert tomonidan chiqarilgan vaqtinchalik qarori shuni nazarda tutadi.

Sudya Lambert AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Kongress tomonidan ma’qullangan mablag‘ni bir tomonlama bekor qila olmaydi degan xulosaga keldi, deb yozadi nashr.

RFE huquqshunoslarining aytishicha, Tramp ma’muriyati mustaqil jurnalistlar bilan deyarli barcha shartnomalarni bekor qilgan, ijara to‘lovlarini to‘lab bermagan va 122 xodimni ishdan bo‘shatgan. Agar mablag‘ tiklanmasa, 1 may kuni ko‘proq ish o‘rinlari qisqartiriladi va ko‘proq shartnomalar bekor qilinadi, deya xabar beradi AP. O‘z navbatida, AQSh hukumati advokatlari nizo Federal da’volar sudida ko‘rib chiqilishi kerakligini ta’kidlamoqda.

2025 yilning oktyabrigacha "Ozodlik radiosi" AQSh federal hukumatidan mediakompaniya faoliyati uchun Kongress tomonidan ajratilgan yana 77 million dollarni olishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 43013 | Инструменты