Huawei 1
AvtoVAZ O‘zbekistonda mahalliy brend nomi ostida avtomobil yig‘ishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

Rossiyaning AvtoVAZ kompaniyasi O‘zbekistonda mahalliy brend nomi ostida avtomobil yig‘ishni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Bu haqda avtomobil ishlab chiqaruvchisi rahbari Maksim Sokolovga tayanib, TASS nashri xabar berdi.

Sokolovning qayd etishicha, o‘zbekistonlik hamkorlar tayyor bo‘lsa, loyiha 2025-yilning o‘zida amalga oshishi mumkin.

“Hozirda biz muvaffaqiyatli hamkorlarimiz bilan aloqalarni qayta yo‘lga qo‘yishga intilmoqdamiz. Bu nafaqat tayyor avtomobillarimizni eksport qilish orqali oddiy savdoni, balki mahsulotlarimizni bosqichma-bosqich mahalliylashtirish va hatto ularni mahalliy o‘zbek brendi ostida ishlab chiqarish imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi”, — dedi u.

Shu bilan birga, Maksim Sokolov yig‘ishni amalga oshirishning birinchi bosqichi uchun AvtoVAZ Lada Largus avtomobillari modelini ko‘rib chiqayotganini ta’kidladi. Uning aniqlik kiritishicha, loyiha faol ishlab chiqish bosqichida.

Avtomobillarni yig‘ishni amalga oshirish uchun AvtoVAZ birinchi bosqichda “Largus avtomobillarini chuqurroq lokalizatsiya qilish” va yirik uzelli yig‘ish (SKD) formatiga ruxsat beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 43016 | Инструменты