Isroilning FIFAga aʼzoligi to‘xtatilishi mumkin

Xalqaro futbol federatsiyasi kengashi (FIFA) 2024-yilning 20-iyuliga qadar yig‘ilib, Falastin futbol assotsiatsiyasining Isroil futbol federatsiyasining tashkilotdagi a’zoligini to‘xtatib turish haqidagi iltimosini ko‘rib chiqadi. Bu haqda tashkilot prezidenti Janni Infantino Bangkokda bo‘lib o‘tgan FIFAning 74-kongressida ma’lum qildi.

Kongress avvalida Falastin futbol assotsiatsiyasi prezidenti Jibril Rajup FIFAdan Isroil futbol federasiyasi aʼzoligini vaqtinchalik toʻxtatishni talab qilgan edi.

"Falastinliklarning nutq so'zlash bo'yicha barcha so'rovlari FIFA Kengashining vakolatiga kiradi va shuning uchun ushbu organ doirasida ko'rib chiqilishi kerakligini ta'kidlash muhim", - dedi Infantino

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты