Huawei 2
Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Daniel Kaneman 90 yoshida vafot etdi

Psixolog va iqtisodchi, iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, xulq-atvor iqtisodiyoti asoschilaridan biri Daniel Kaneman 90 yoshida vafot etdi. 

Olimning vafoti haqida uning asrab olingan qizi Debora Treysman jurnalistlarga xabar berdi. U voqea qanday va qayerda sodir bo‘lganiga aniqlik kiritmadi.

Daniel Kaneman 1934-yilda Tel-Avivda tug'ilgan. 50-yillarning oxirlarida u Qo'shma Shtatlarga ko'chib o'tdi va u yerda Kaliforniya universitetida psixologiya falsafasi bo'yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga