Huawei 2
Navoiyda maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi Matiz YTHga uchrashi oqibatida ikki bola halok bo‘ldi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati ma'lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 23 aprel kuni Navoiy shahridagi 11-maktab, shuningdek, Karmana tumanidagi 5- va 7-maktablarning 8- va 9-sinf o‘quvchilari o‘zganing Matiz rusumli avtomashinasini minib, viloyatning Nurota tumaniga borgan. Avtomobilni haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan voyaga yetmaganlar boshqargan.

Qaytishda rulda o‘tirgan o‘quvchi boshqaruvni yo‘qotgan va mashina YTHga uchragan. Oqibatda ikki nafar o‘quvchi voqea joyida halok bo‘lgan. Uchinchisi og‘ir tan jarohatlari bilan Karmana tumani markaziy shifoxonasiga yetkazilgan. Hozir u og‘ir ahvolda reanimatsiya bo‘limida qolmoqda.

Hozirda holat yuzasidan ekspertiza tayinlangan, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga