Huawei 1
Hindistonda yuk mashinasi halokatga uchradi

Hindistonning Chhattisgarh shtatida yuz bergan dahshatli yo‘l-transport hodisasida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, 10 dan ortiq kishi og‘ir tan jarohati oldi.

Politsiya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yuk mashinasi tirkamali transport vositasi bilan to‘qnashgan. Mashinada esa diniy bayramdan qaytayotgan mahalliy aholi bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida to‘rt nafar bola ham bor.

Voqea joyiga tez yordam va qutqaruv xizmatlari yetib kelgan, jabrlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan. Hodisa tafsilotlari bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda, politsiya avariya sabablarini aniqlashga harakat qilmoqda.

 So‘nggi yillarda Hindistonda yo‘l transport hodisalari tez-tez uchrab turibdi. Mutaxassislar bunga yo‘l infratuzilmasining zaifligi, xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmasligi va yuk mashinalarining ortiqcha yuklanishini sabab qilib ko‘rsatmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51220 | Инструменты