Huawei 1
G‘arb Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishni muhokama qilmoqda - Reuters

Ukrainaning g‘arbdagi ittifoqchilari Kiyevga qo‘shimcha uzoq masofaga mo‘ljallangan Patriot komplekslarini yetkazib berish masalasini muhokama qilmoqda va 24-25 iyun kunlari Gaagada bo‘lib o‘tadigan NATO sammitigacha bu borada kelishuvga erishmoqchi. Bu haqda 5 may, juma kuni manbaga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.

Aprel oyida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy CBS News telekanaliga bergan intervyusida uning hukumati Amerikada ishlab chiqarilgan 10 ta havo mudofaa tizimini sotib olishga tayyorligini aytdi.

Keyinroq Zelenskiy Rim papasi Fransiskning dafn marosimi bo‘lib o‘tgan Vatikanda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bu masalani muhokama qilganiga aniqlik kiritdi.

Reuters manbalaridan biriga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar va Gretsiya dastlab qo‘shimcha tizimlarning potensial yetkazib beruvchilari qatorida bo‘lgan. Afina keyinchalik yordamda ishtirok etishni rad etdi.

«Ukrainaga Gretsiyadan Patriot tizimlarini yetkazib berish masalasi ko‘rib chiqilmayapti», dedi rasmiylardan biri.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50617 | Инструменты