Huawei 1
Fransiyada ish tashlash sababli mingga yaqin reys bekor qilindi

4-iyul, juma kuni Fransiyada aviadispetcherlarning ikki kunlik ish tashlashi davom etdi. Bir kun avval 933 ta reys bekor qilingan edi - bu mamlakatdagi umumiy reyslar sonining qariyb 10 foizini tashkil qiladi. Parijning ikkita aeroportida bu ko‘rsatkich 25 foizga yetdi. Ish tashlashning ikkinchi kunida vaziyat yanada yomonlashishi mumkin: Fransiya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (DGAC) barcha reyslarning 40 foizini bekor qilishga chaqirdi.

Fransiya transport vaziri Filipp Tabaro yozgi ta’til mavsumida aviadispetcherning ish tashlashini tanqid qildi. "Mamlakatimizda 272 kishi yarim milliondan ortiq odamning farovonligini hal qiladi. Buni qabul qilib bo'lmaydi", dedi u CNews telekanaliga bergan intervyusida. Bosh vazir Fransua Bayru nazoratchilar "fransuzlarni garovda ushlab turishganini" aytdi. Yevropa aviakompaniyalari assotsiatsiyasi “Airlines for Europe” ish tashlashni “qabul qilib bo‘lmaydigan” deb atadi.

Ikki kunlik ish tashlashni havo harakatini nazorat qiluvchi ikkita kasaba uyushmasi chaqirdi va ular mehnat sharoitlarini yaxshilashni talab qilmoqda. Boshqa narsalar qatorida ular “kadrlar kamligi” va “toksik boshqaruv”ga qarshi chiqishmoqda. Ish tashlashchilar aviadispetcherlarning ish vaqti ustidan nazoratni kuchaytiruvchi islohotga ham qarshi. Qaror 2022-yil oxirida Bordoda ikki samolyot deyarli to‘qnashib ketganidan so‘ng qabul qilingan. Keyin tergov havo harakatini nazorat qiluvchilar ishining yomon tashkil etilganini ko‘rsatdi, deb eslaydi AFP.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70501 | Инструменты