Huawei 1
Toshkent metropoliteni naqd to‘lov qiladigan yo‘lovchilar soni kam bo‘lgan 13 ta metro bekatining bittadan vestibyullaridagi kassalar yopildi

Toshkent metropoliteni yo'lovchilariga qulaylik yaratish hamda kassa oldidagi tirbandliklarni kamaytirish maqsadida metrodan foydalanishda yo'l haqini to'lashning 10 dan ortiq turi mavjud. Jumladan, QR-kodli bir martalik chiptalar 3000 so'mni tashkil qilsa, boshqa to'lov usullari 1700 so'm va undan ham arzon. Shuni inobatga olib, hozirgi vaqtga kelib yo'lovchilarning kam sonli qismigina naqt pul ko'rishida yani kassadan QR-kodli chipta harid qilib yo'l haqini to'lashmoqda. Raqamlarga qaraydigan bo'lsak, ilgari  bir martalik QR-kodli chiptalardan metro yo'lovchilarining 45-50% foydalangan bo'lsa, hozirgi vaqtga kelib qariyb 6-7% ni tashkil qilmoqda.

Uzoq vaqt davom etgan kuzatuv va o'rganishlar natijalariga ko'ra  bir qancha metro bekatlaridagi vestibyullarda joylashgan kassalarda chiptalar harid qilinish ko'rsatgichi keskin kamaygani aniqlandi. Shu boisdan, naqt pul ko'rinishida to'lovni amalga oshiruvchi yo'lovchilar soni kam bo'lgan 13 ta metro bekatlarining (Mirzo Ulug'bek, Xalqlar do'stligi, Paxtakor, Hamid Olimjon, Pushkin, Do'stlik, Toshkent, Oybek, Tinchlik, Shahriston, Bodomzor, Minor hamda Abdulla Qodiriy ) 1 tadan vestibyullaridagi kassalar yopildi va ushbu vestibyullarga chipta sotib olish uchun avtomatlashtirilgan bankomatlar sinov tariqasida o‘rnatilmoqda.

Shuningdek, metro yo'lovchilari kassa yopilgan vestibyullarda ham avtomatlashtirilgan to'lov turlarining boshqa usullari orqali to'lov qilish imkoniyatiga egalar. (ATTO kartalari, bank kartalari, turli mobil ilovalar, kaft orqali va boshqa to'lov usullari). 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70419 | Инструменты