Huawei 2
Filippinda festival vaqtida 45 kishi issiq havo tufayli hushidan ketdi

Filippinning Negros Oriental provinsiyasidagi festivalda qatnashgan 45 ga yaqin raqqosa va tomoshabinlar haddan tashqari issiqlik tufayli hushdan ketishdi. Bu haqda Filippin axborot agentligi (PNA) mansabdor shaxsga tayanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, festivalga tashrif buyurganlarning ko‘pchiligi raqs dasturi boshlanishidan oldin issiq havo tufayli o‘zini yomon his qilgan va shundan so‘ng hushdan ketishni boshlagan. 

Qayd etilishicha, barcha jabrlanganlarga tez yordam ko‘rsatilgan.

Shu hafta boshida Filippinda haddan tashqari issiq havo kuzatildi. Ayrim provinsiyalarda havo harorati Selsiy bo‘yicha 47 darajagacha ko‘tarilib, maktablarda darslar to‘xtashiga sabab bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga