Huawei 2
Rossiya Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoni qidiruvga berdi

Rossiyada Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko qidiruvga berildi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Rossiya Ichki ishlar vazirligi sobiq Ukraina rahbarini mamlakat bo‘ylab qidiruvga bergan. Vazirlik Poroshenko jinoiy xatti-harakati uchun qidiruvda ekanini maʼlum qilgan.

Pyotr Poroshenko 2014-2019-yillarda Ukraina prezidenti sifatida faoliyat yuritgan. Ukraina sharqidagi viloyatlar mustaqillik eʼlon qilishi va Qrimning Rossiyaga o‘tishi fonida Pyotr Poroshenkoning prezidentligi ziddiyatli kechgani aytiladi.

4-may kuni Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ukrainaning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiyni ham qidiruvga bergan edi. Bu to‘g‘risidagi xabar vazirlik maʼlumotlar bazasida paydo bo‘lgan. Zelenskiy Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining aynan qaysi moddasi bo‘yicha qidiruvga berilgani ochiqlanmagan.

Shuningdek, ichki ishlar vazirligi Ukraina sobiq mudofaa vaziri va Ukraina quruqlik kuchlari qo‘mondonini ham qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatiga kiritgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga