Huawei 2
Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘radi

Ukrainada Amerikaning MQ-9 Reaper dronlariga qiziqish ortib bormoqda. Nashrning yozishicha, so‘nggi oylarda Kiyev AQSHdan birinchi navbatda mana shu dronlarni yetkazib berishni so‘ragan

Politico manbalariga ko‘ra, Vashington rus harbiylari bu dronlarni urib tushirishi mumkinligidan xavotirda.

MQ-9 Reaper’ga bo‘lgan talab Ukrainaning yozgi harbiy rejalari bilan bog‘liq. Ukraina harbiylari front ortidagi Rossiya nishonlarini aniqlashning yangi usullarini izlamoqda.

Urush boshlanganidan beri MQ-9 Reaper Ukraina so‘rovlarida ustuvor bo‘lgan. Kiyev ulardan ham zarba berish, ham razvedka uchun foydalangan. Hozirda Ukraina qurolli kuchlari Amerika dronlaridan faqat razvedka uchun foydalanishni rejalashtirmoqda.

MQ-9 Reaper razvedka qiluvchi va zarba beruvchi dron hisoblanadi. Mazkur dron General Atomics Aeronautical Systems tomonidan ishlab chiqilgan. Turbovintli dvigatel bilan jihozlangan qurilma soatiga 400 km dan yuqori tezlikka erisha oladi. U 24 soat maksimal parvozga chidamli bo‘lib, havo-yer, havo-havo raketalari va lazer bilan boshqariladigan bombalarni tashishga qodir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga