Fastfudlarni (tez ovqatlar)iste’mol qilgandan bir necha kun o‘tib, ular ichakning tabiiy himoya mexanizmlarini yo‘q qila boshlaydi, degan xulosaga kelishdi avstraliyalik olimlar. Tadqiqot natijalari Immunity jurnalida chop etildi.
Tajriba davomida bir guruh sichqonlar yuqori yog‘li diyetaga o‘tkazildi. Ushbu turdagi inson diyetasi tez ovqatlar va qandolat mahsulotlarining yuqori ulushi bilan ajralib turadi. Ikkinchi kunida hayvonlarda to‘qimalarni qayta tiklash va ichak shilliq qavatini himoya qilishning asosiy elementi bo‘lgan IL-22 oqsili darajasining pasayishi ko‘zatildi.
Tashqi tomondan sichqonlar sog‘lom ko‘rinardi, ammo, ichkarida yallig‘lanish boshlandi: ichak devorlari qalinlashdi va to‘qimalarda immunitet hujayralari to‘plandi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bunday diyetadan kelib chiqqan yallig‘lanish uzoq vaqt davomida o‘zini namoyon qilmasligi mumkin, ammo vaqt o‘tishi bilan u surunkali yallig‘lanishga aylanadi. Biroq, olimlarning fikriga ko‘ra, tez ovqatlardan voz kechish va to‘yingan yog‘larni to‘yinmagan yog‘lar bilan almashtirish — masalan, yong‘oq yoki avakado — ichak to‘siqlari funksiyasini tiklashga yordam beradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52220 | Инструменты